Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI
2021-06-04 22:26:26 169
Yoshlar — har qanday jamiyatning ertasi. Shu ma'noda aytadigan bo’lsak, ular bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir. Mamlakatimiz aholisining salmoqli qismini tashkil etadigan yoshlarning bugungi kayfiyati, qiziqishu intilishlari, ma'naviy-ruhiy olami qanday? O’z navbatida, ularni nima o’ylantiradi va tashvishga soladi? O’zi bugun yoshlar nimalar bilan band? Ularni ko’proq nimalar qiziqtiradi?
Ushbu savollarga javob topish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va tuman prokurori M.Shomurodov, tuman Adliya bo’limi boshlig’i A.Xomidovlar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, yurtimizda yoshlarga berilayotgan e'tibor hamda ularga yaratilyogan imkoniyatlar to’g’risida gapirib o’tdi.
Tadbirda yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, zamonaviy bilim va ko’nikmaga ega bo’lishlarini ta'minlash, ularning ilg’or g’oya va tashabbuslarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash masalasida so’z bordi.
Ochiq muloqot chog’ida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga tuman hokimi, tuman prokurori va Adliya bo’limi boshlig’i tomonidan atroflicha javob oldilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.