Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OXIRATINGIZ OBOD BO’LSIN!
2021-06-04 22:03:56 157
Bugun tumanimiz tibbiyoti og’ir judolikka uchradi. Shafqatsiz o’lim Qo’shtepa tumani Tibbiyot birlashmasida uzoq yillar davomida saramali mehnat qilgan, Chaqaloqlar bo’limi mudiri, fidoiy shifokor Muhammadjon Isaqovni oramizdan olib ketdi.
Samimiy, kamtarin va mehribon ustoz Muhammadjon Isaqovning mazmunli umr yo’li, serqirra mehnat faoliyati, odamiylik fazilatlari hamisha biz hamkasblari uchun ibrat maktabi bo’lib qoladi.
Jamoamiz nomidan marhumning oila a'zolari, qarindosh-urug’lari hamda barcha yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etamiz.
Qo’shtepa tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi.