Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA MINI PECHLAR VA TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDI

×

 2021-06-04 20:16:31    205

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash va qo’shimcha daromad manbalarini yaratib berish choralari ko’rilmoqda.

Bugun tumandagi boquvchisini yo’qotgan, nogironligi bo’lgan va kam ta'minlangani sababli ro’yxatga olingan 102 nafar ayollarga mini pechlar va tikuv mashinalari berildi.


Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, sektor rahbarlari, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi – viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari T.Tojiyeva hamda tuman hokimligi mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi rahbar va xodimlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislarining o’rinbosarlari ishtirok etdilar.


“Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Dilrabo Sobirova bichish-tikishning hadisini olgan, ammo shu kungacha ro’zg’oridan orttirib tikuv mashinasini xarid qila olmayotgan edi. Bugun unga ham Ayollar jamg’armasi hisobidan zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi.

– Anchadan beri oilamizga qo’shimcha daromad keltirishni maqsad qilib yurgandim, – deydi quvonch bilan D.Sobirova. – Mana, bugun bu niyatim amalga oshdi. Endi yangi tikuv mashinasidan samarali foydalanib, ro’zg’orimni butlayman va qo’shimcha daromad topaman.


Bugunning o’zida tumandagi 102 nafar xotin-qizning bandligi ta'minlandi. Ular bilan suhbatlashar ekanmiz, so’zlaridan shukronalikni his etdik.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram