Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI BOZORDAGI NARX-NAVO BILAN TANISHDI
2021-06-03 18:35:01 190
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va tuman prokurori M.Shomurodovlar bugun “Dehqon bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, u yerdagi narx-navo, sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, bozor ma'muriyati va sotuvchilarga narx-navoning sun'iy tarzda oshishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan topshiriqlar berildi.
Darhaqiqat, karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish tuman hokimligining doimiy nazoratiga olingan.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.