Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-06-01 22:26:15    166

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun tuman xalq qabulxonasida o’zining navbatdagi qabulini o’tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 26 nafar fuqarolar bolalar puli va moddiy yordam ajratish, ish bilan ta'minlash, elektr va suv ta'minoti, bank, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik hamda kadastr bilan bog’liq muammolari bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e'tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko’tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 30-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ta'mirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, sektor rahbari 9-umumta'lim maktabida ham bo’lib, muassasa bitiruvchilarining yakuniy imtixon topshirish jarayonlari va oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Respublika ishchi guruhining o’rganishi davomida tumandagi saylov uchastkalarida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, hamda o’rganishda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Shodlik mahalla fuqarolar yig’inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan S.Nurmatovaning xonadoni tuman hokimi hamda sektor rahbarining tashabbusi bilan homiylar tomonidan yangidan zamonviy ko’rinishda qurib bitkazildi. Bugun ushbu uy-joy foydalanishga qabul qilinib, xonadon egasiga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.


Tuman hokimi Mumtoz mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Ismoiljon gilamlari” xususiy korxonasida bo’lib, korxonada ishlab chiqarilayotgan ipakchilik mahsulotlari sifatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini kengaytirish hamda qo’shimcha ishlar olish yuzasidan o’z takliflarini berdi.


Shuningdek, sektor rahbari tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularni banligini ta'minlash, tadbirkorlikka yo’naltirish va kasb-hunar o’rgatish orqali daftardan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


“Solijonobod Maxmud” MMTP hududida tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan seminar o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram