Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KAM TA'MINLANGAN OILALAR FARZANDLARINING SUNNAT TO’YI O’TKAZIB BERILDI

×

 2021-06-01 21:50:48    64

PDF yuklash
Chop etish



1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni qo’shtepalik bolajonlar uchun qo’shaloq bayram bo’ldi. Tuman hokimligi va tuman maktabgacha ta'lim tashkilotining tashabbusi bilan maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi kam ta'minlangan oilalarning 10 nafar farzandiga sunnat to’yi o’tkazildi.


Mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari, to’ybolalarning ota-onalari, qarindosh-urug’lari, do’stlari ishtirokida o’tkazilgan to’y tantanasi o’zgacha ruhda o’tdi. 


Ushbu tadbirda tuman hokimi I.Novikov, viloyat hokimining o’rinbosari F.Qosimov hamda sektor rahbarlari, mutasaddi idora rahbarlari ishtirok etdilar.


To’ybolalarning har biriga velosiped, o’yinchoqlar hamda bosh-oyoq sarpo sovg’a qilindi. 

Bolajonlarning sunnat to’ylari o’ziga xos, milliy an'analarimiz asosida o’tkazilganligi keng jamoatchilik, ayniqsa, to’ybolalar va ularning ota-onalari qalbiga quvonch hadya etdi, tabrik va qutlovlardan barcha behad mamnun bo’ldi. 

Milliy an'analarimiz qadrlangan, ezgulikka yo’g’rilgan bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz qalbida mehr-oqibat, saxovat, odamiylik, ezgulik fazilatlarini, shu bilan birga, ularning ertangi kunga bo’lgan umid va ishonchini mustahkamlamoqda. 

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram