Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-06-01 07:37:48    223

PDF yuklash
Chop etish



Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da tuman hokimi I.Novikovning navbatdagi qabuli o’tkazildi. Qabulda 8 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.


Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 50-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasa bitiruvchilarining yakuniy imtixon topshirish jarayonlari va bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Respublika ishchi guruhining o’rganishi davomida tumandagi saylov uchastkalarida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, hamda o’rganishda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tibbiyot birlashmasiga qarashli Langar shifoxonasida xushyorxona bo’limi tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari tuman hokimi tomonidan o’rganilib, mas'ul rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Sektor rahbari tomonidan pilla hosilini yig’ish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganilib, yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda yig’ishtirib olish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, belgilangan rejani bajargan ipak qurti boquvchilariga tuman hokimligining esdalik savg’alari topshirildi.


I.Novikov 2021 yil hosili uchun yetishtirilayotgan g’alla o’rim mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dala sharoitida mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga g’alla o’rim mavsumida ishtirok etuvchi mexanizatorlarga qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, joylarda mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganilib, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi va mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram