Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 236 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUMTEPA MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2021-05-28 16:07:01    140

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholining turli qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi. Mahalla fuqarolar binosida tashkil etilgan tadbirda Xalq qabulxonasi Qo’shtepa tumani bo’limi mudiri R.Abdullayev, tuman hokimining o’rinbosarlari, tegishli bo’lim, tashkilot rahbarlari hamda murojaatchilar ishtirok etishdi. 


Qabul davomida aholi mahalladagi yo’llarni tuzatish, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, kredit, uy-joy bilan bog’liq muammolari bilan murojaat qilishdi.

Tuman rahbari barcha   murojaatlar yuzasidan har bir soha rahbariga muammoni o’rganib, qonuniy va ijobiy hal qilinishini ta'minlash bo’yicha topshiriq berdi. Har bir murojaatni o’z nazoratiga oldi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram