Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QO’SHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 40-SESSIYASI 2021 YIL 2 IYUN KUNI SOAT 16:00 DA QO’SHTEPA TUMANI HOKIMLIGINING KATTA MAJLISLAR ZALIDA BO’LIB O’TADI
2021-05-28 10:09:49 197
Sessiya kun tartibida:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6017-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarda yoshlar muammolarini o’rganib borilishi, ularning hal etilishi, yosh avlodning iste'dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha sharoitlar yaratilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida.
2. “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da viloyatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan tasdiqlangan viloyat Davlat dasturini 2021 yilning besh oyi (jumladan may oyi davomida) davridagi ijrosi haqida.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5938-son Farmoni ijrosi yuzasidan viloyatda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko’rilayotgan ta'sirchan chora-tadbirlar haqida.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4498-sonli qarori ijrosi haqida.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “O’zbekiston respublikasi suv xo’jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo’ljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-6024-son Farmoni ijrosi yuzasidan sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha meliorativ ob'ektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish hamda ta'mirlash va tiklash ishlari bo’yicha ustuvor loyihalarni aniqlash, hududiy dasturlarni shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4075-son qarori ijrosi yuzasidan tegishli hududda sodir etilgan og’ir va o’ta og’ir turdagi jinoiy holatlar, jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo’yicha manzilli takliflarni ishlab chiqish hamda ularni hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasiga kiritishni belgilangan holda huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning ahvoli haqida.
7. Qo’shtepa tumani “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati jamg’armasiga tushgan mablag’larni maqsadli sarflanishi to’g’risida.
8. Tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ro’yxatdan chiqarish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.
9. Boshqa masalalar. (Sessiya kun tartibiga qo’shimcha masalalar kiritilishi mumkin)
Sessiyaga tuman hokimining o’rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, tashkilotlar, idora va korxonalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi.