Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLIK RIVOJLANISHNING YANGICHA KO’RINISHIDA

×

 2021-05-26 19:52:28    147

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5087-son Qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan 2021 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub'ektlarini qo’llab-quvvatlash uchun bir qancha qo’shimcha choralar joriy etildi.

Xususan, chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo’l qo’ygan eksport qiluvchilar va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatishni o’z vaqtida ta'minlamagan import qiluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytirildi.

2021 yil 1 may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha muddati o’tgan debitor qarzdorlik uchun xo’jalik yurituvchi sub'ektlarga jarimalar qo’llash to’xtatilib, debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021 yil 1 maydan boshlab yangidan hisoblash belgilandi.

2021 yil 1 iyundan e'tiboran soliq qarzini to’lash imkoniyatiga ega bo’lmayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga soliqlarni bo’lib to’lash imkoniyati taqdim etilishi belgilanmoqda. Bu imkoniyat oxirgi uch yildan buyon faoliyat ko’rsatayotgan soliq to’lovlarida muammoga ega bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub'ektlarga nisbatan tadbiq etiladi.

Bundan tashqari. Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi tomonidan Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo’yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etilishi belgilandi.

Azizbek AKBAROV,

Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi.                 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram