Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#SO’NGGI_ QO’NG’IROQ

×

 2021-05-25 23:58:23    197

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, tumanimizdagi barcha maktablarda “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari bo’lib o’tdi.

Jumladan, 43-umumiy o’rta ta'lim maktabida ushbu kun o’zgacha nishonlandi.


Yangrayotgan so’ngi qo’ng’iroq sadolari yoshlarimizning mustaqil hayotga qadam qo’yishlariga belgidir. O’z maqsadlari sari intilish va zafarlar quchish uchun boshlangan yo’ldan darakdir.

Maktabda o’tkazilgan “So’ngi qo’ng’iroq” tadbirida bitiruvchi yoshlarga Prezident tabrigi o’qib eshittirildi. Ularga katta hayot yo’lida muvaffaqiyat va zafarlar tilandi.


Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari B.Qurbonov ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Maktabning bitiruvchi o’g’il-qizlari ustozlariga minnatdorchilik izhori sifatida guldastalar ulashdilar. Undan so’ng “So’nggi qo’ng’iroq” chalinib, “Xayr, maktabim” qo’shig’i birgalikda kuylandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram