Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BITIRUVCHILARIMIZ YUKSAK ISHONCHNI ALBATTA OQLAYDILAR

×

 2021-05-25 22:44:05    94

PDF yuklash
Chop etish



Davlatimiz rahbarining ilk bora bitiruvchilarga yo’llagan tabrigi tarixiy ahamiyat kasb etdi. Ushbu yuksak e'tibordan nafaqat, bitiruvchilarimiz, balki ularning ota-onalari va biz ustozlar ham bag’oyat mamnun bo’ldik.

Mamlakatimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning iqtidor va iste'dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan g’oya asosida umummilliy ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga kirishilgani tahsinga loyiq.

Davlat rahbari o’z tabrigi orqali mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilib, “Sizlarning hayotda o’z munosib o’rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to’la safarbar etadi” deya yuksak umid va ishonch bildirdilar. Bunda butun bir millatimizning umid va ishonchi mujassamdir.

Bugun tumanimizning barcha maktablarida “So’nggi qo’ng’iroq” chalindi. Joriy yilda tumanimizdagi maktablarni 2551 nafar o’quvchi bitiryapti.

Albatta, ushbu kun barcha bitruvchilar uchun eng unutulmas va eng qadrli

kun bo’lishi shubhasiz. Ular 11 yillik qadrdon ustozlari, jonajon maktabi bilan xayrlashib, hayotning katta, yanada mas'uliyatli ostonasiga qadam

qo’ymoqdalar. 

Mustaqil hayotga ilk bora qadamlarini tashlayotgan bugungi bitiruvchilar Davlatimiz rahbarining yuksak ishonchini albatta oqlaydi deb ishonch bildiramiz.

M.KATTABEKOV,

43-umumta'lim maktabi direktori.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram