Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ILMIY-AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI
2021-05-22 23:36:55 138
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”da belgilanganidek, mamlakatimiz “Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish”da qo’zda tutilgan tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish muhim vazifa sifatida belgilangan.
Bugun Farg’ona davlat universitetining professor-olimlari, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, «Fermer va tomorqachi» gazetasi tahririyati ,O’zLiDep Qo’shtepa tumani kengashi, O’zbekiston Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi, hududdagi mahalla fuqarolar yig’ini raisining tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosarlari hamda agrar soha mutaxassislari ishtirokida Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’inida tomorqadan samarali foydalanish bo’yicha ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.
Tadbir davomida kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga tomorqa yerlaridan yanada samarali foydalanish, tomorqa yerlaridan bir yilda 3-4 marta yuqori sifatli hosil olishga erishish, mahsulotlarni saqlash, tashish va sotish, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy tuproq-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi yuqori mahsuldorlikka ega selektsiya navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va boshqa vazifalardan kelib chiqadigan topshiriqlarni bajarishda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo’yicha aholiga keng tushintirish ishlari olib borildi.
Seminarda bu amaliy ishlarni barcha MFYlarda ommalashtirish, "Temir daftar" dagi oilalarni jalb etish haqida tavsiyalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.