Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-05-22 22:47:52    95

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov bugun 6-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib, dars jarayonlari va tashkil etilgan qo’shimcha to’garaklar faoliyati bilan tanishdi. Maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi orzulari bilan o’rtoqlashdi.


Shuningdek, sektor rahbari joriy yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov munosabati bilan ushbu maktabdagi shart-sharoitlarni o’rgandi hamda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.


Sektor rahbari va tuman hokimi I.Novikov Sarmazor va Balandmasjid MFYda "Ayollar daftari"ga ro’yxatga olingan S.Toshxo’jayeva hamda M.Usmonovalarning xonadonida xomiylar tomonidan olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdilar.

Sektor rahbari qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolari tomonidan dala maydonlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, fermer xo’jaligi rahbarlariga o’zining tegishli topshiriqlarini berdi.

Sektor rahbari ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olish maqsadida Katta Boltako’l MFYda "Temir daftar"ga ro’yxatga olingan A.Jalilovning xonadonida bo’lib, fuqaroning yashash sharoitlarini o’rgandi. Fuqaroga subsidiya mablag’lari hisobidan qurib berilgan issiqxonada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Katta Boltako’l mahallasida yashovchi Q.Jo’raboyeva xonadonida bo’lib, ipak qurti parvarishlash jarayonlarini ko’zdan kechirdi. Sektor rahbari fuqaroga o’zining tavsiyalarini berdi.

Sektor rahbarining amaliy yordami bilan bugun Balandmasjid MFYdagi yoshlarga imtiyozli kreditlar asosida qoramollar berildi.

2-sektor shtabi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram