Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-05-22 21:50:48    198

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun qizil hududdagi Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, hududda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 38-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, bu yilgi o’qish jarayonlari yakunlangach 11-sinf bitiruvchilari uchun qo’shimcha fan to’garaklarini tashkil etish hamda oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


“2020-2021 yillarga mo’ljallangan investitsiya dasturi”ga kiritilgan maktabgacha ta'lim tashkilotilarida mukammal ta'mirdan chiqarilgan tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 3 va 9-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bola qamrovini oshirish maqsadida konteyner usulida qurilgan qo’shimcha binolarning ochilish marosimi o’tkazildi. Ushbu tadbirlarda viloyat hokimi X.Bozarov ishtirok etib, ushbu foydalanishga topshirilayotgan muassasalarning ramziy kalitlarini topshirdi.


Shuningdek, viloyat hokimi X.Bozarov rahbarligida tumanda amalga oshirilayotgan “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, 2021 yil hosili uchun yetishtirilayotgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar hamda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va paxta maydonlarida mehnat qilayotgan mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi.


Tuman hokimi hamda tuman prokurori Balandmasjid mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Navro’z ko’chasi, 169-uyda istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1-guruh nogironi M.Usmonova xonadonida bo’ldilar. Ushbu oilada homiylar tomonidan amalga oshirilayotgan mukammal ta'mirlash ishlari yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.



Shuningdek, tuman hokimi 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan pilla hosili yig’ib olinayotgan xonadonlarda ham bo’ldi. Chillaki hosil bo’lgan pilla hosilini birinchilardan bo’lib topshirishni rejalashtirgan xotin-qizlarni erishilgan marra bilan tuman rahbari tabriklab, ularga tuman hokimligining esdalik sovg’alarini topshirdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram