Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH TADBIRKOR MAHALLADOSHLARINI ISH BILAN TA'MINLADI

×

 2021-05-22 20:35:22    191

PDF yuklash
Chop etish



Serquyosh zaminimizda yetishtirilayotgan sarxil meva va sabzavotlarga tashqi bozorda talab katta. Xususan, viloyatimizda ham bu borada yildan-yilga eksport hajmi ortib bormoqda. Jumladan, Qo’shtepa tumanida 2020 yilda eksportyor korxonalar tomonidan 16 million 630 ming AQSh dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, uning 8 milliondan ortig’ini qishloq xo’jaligi mahsulotlari tashkil etdi. Joriy yilda esa rejalar yanada ulkan.


Qo’shtepa tumanidagi “Yangi Farg’ona yuksalish sari” oilaviy korxonasi tomonidan ayni kunlarda Rossiya va Qozog’iston davlatlariga qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksport qilinmoqda.


“Yangi Farg’ona yuksalish sari” oilaviy korxonasiga O’qchi mahallasida yashovchi aka-uka Anvarxon va Orifxon Murodxonovlar rahbarlik qiladi. Korxonada 200 tonnalik muzlatgich ombori bor. Yosh tadbirkorlar erta bahordan kech kuzgacha tumanimizda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qabul qilib, xorijga eksport qilishni yo’lga qo’ygan. 


Yurtimizda pishib yetilgan xushta'm, ko’rinishi e'tiborni tortadigan, yuqori sifatli mevalar jahon bozorida xaridorgir. Ayniqsa, gilosga ham talab shunday. Ta'mi, donasining yirik va tekisligi alohida ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib barcha jihati bilan xorijliklar didiga mos tushadigan mahsulotni sotuvga tayyorlashda aka-ukalar yaxshi tajribaga ega.


Ayni kunlarda sara va bolga to’lgan giloslarning xaridori chaqqon. Gilosning ertapishar turlariga nafaqat O’zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda ham talab katta. Shu boisdan allaqachon ushbu korxonada gilos eksporti boshlab yuborildi. Korxona tomonidan shu kungacha 81,2 ming AQSh dollariga teng sifatli gilos mahsuloti xorijga eksport qilindi.

Ushbu korxonada har yili 2000 nafar mavsumiy ishchi mehnat qilib, bog’lardagi hosilni terib olish va korxonaga yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Ularning daromadlari har kuni oilaviy korxona tomonidan hisob kitob qilib boriladi.  


Mahallaning Yangi Farg’ona ko’chasida joylashgan 30 ta yog’ochni qayta ishlash tsexi va 340 ta xonadonlarning 80 foizi ushbu korxonaning mijozlari uchun yashik tayyorlab beradi. Ular oyiga o’rtacha 4-5 million so’mgacha daromad qiladi. Eng muhimi, yashik yasash bilan shug’ullanuvchi oilalarda hamma shu ish bilan band. Xatto maktab o’quvchilari ham bo’sh vaqtlarida oila daromadiga o’z xissalarini qo’shadilar.


Korxonaning o’zida 10 nafar doimiy va 40 nafar mavsumiy ishchilar mehnat qilishadi. Ularning oylik maoshlari 2 milliondan 5 million so’mgacha yetib boradi.


O’qchi mahalla fuqarolar yig’inining tavsiyasiga ko’ra “Yoshlar daftari”dagi ishsiz yoshlarning 10 nafari shu korxonaga ishga joylashtirilib, ularning bandligi ta'minlandi.

Gilos juda nozik va tez buziluvchan meva hisoblanadi, shu sababli uni yuqori haroratda hamda ko’p ushlab turish tovarning buzilishiga sabab bo’ladi. Shu sababli giloslarni tashish va yuklash ishlari asosan kechki vaqtlarda, ya'ni salqin ob-havoda tong otgunga qadar olib boriladi.

“Yangi Farg’ona yuksalish sari” oilaviy korxonasi joriy yilda qiymati 700 million AQSh dollariga teng mahsulotlar eksportini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram