Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-05-20 22:55:29 210
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 24-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasasi bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 35-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, muassasa tarbiyalanuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.
Shuningdek, tuman rahbari Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’ini, Shaftolibog’ ko’chasi, 105-uyda istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan M.Xolmurodova xonadonida bo’lib, xomiylar tomonidan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.
Tuman rahbari Shomirza mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilayogan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Tumanda suvdan oqilona foydalanish maqsadida tomchilatib sug’orish tizimini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan tegishli tashkilot rahbarlariga ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, joylarda mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganilib, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi va mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.