Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 156 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FESTIVAL DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2021-05-20 22:27:08    116

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglari o’rtasida “Onalarga ehtirom” festivali doirasida “Eng yaxshi alla ijrosi” deb nomlagan ko’rik tanlov bo’lib o’tdi.


Tanlov tumandagi 37 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglari o’rtasida o’tkazilib, hududlardan saralab olingan 10 nafar ishtirokchilar tuman bosqichida ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, tuman hokimining maslahatchisi M.Mo’ydinova, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov, maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri I.Maxmudovalar ham qatnashdilar.



Tanlov “Eng yaxshi alla ijrochisi” va “Bir kunlik onaning yumushi” shartlari bo’yicha o’tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan ajoyib alla qo’shig’i, onaning bir kunlik ish faoliyatini tasvirlovchi sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Tanlov davomida 5, 13, 31, 32, 33-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti ishtirokchilari tomonidan ijro etilgan alla qo’shiqlari barcha tomoshabinlar qalbini larzaga solgan bo’lsa, 22 va 36-maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan namoyish etilgan onaning bir kunlik yumushlarini ifodalovchi sahna ko’rinishlari ona qadri qanchalar yuksakligini ko’rsatib berdi.


Tanlovda faxrli 1-o’rin 31-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi M.Yunusovaga, 2-o’rin 5-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi O’.Muxammedovaga va 3-o’rin 13-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi  N.Ergashevalarga nasib etdi. G’oliblar tuman hokimligi va maktabgacha ta'lim bo’limining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram