Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#ONALARGA EHTIROM

×

 2021-05-20 08:35:14    110

PDF yuklash
Chop etish



Dunyodagi eng muqaddas zot hisoblangan ONAlarga ehtirom va hurmat ko’rsatish, e'zozlash maqsadida o’tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali doirasidagi tadbir Kattaboltako’l mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 6-umumiy o’rta ta'lim maktabida ham bo’lib o’tdi.

Mahalla bosqichida bo’lib o’tgan tadbirda turli nominatsiya g’oliblari va ularning yaqinlari qatnashdilar. 


Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydonova va tuman IIB xotin-kizlar masalalari buyicha katta inspektori D.Vaxobovalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida 6-umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari va 17-MTT muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan onalarga atab she'r, qo’shiq va raqslar ijro etildi.

Festival Nizomi asosida turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib deb topilgan onalarga ehtirom ko’rsatilib, ularga esdalik sovg’alari va tashakkurnomalari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram