Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOL ISLOM NIGOHIDA

×

 2021-05-17 22:21:39    328

PDF yuklash
Chop etish



Ayol Alloh taolo yaratgan nozik xilqat. Islom dinida ayolning sha'ni, qadr-qimmati yuksak darajalarga ko’tariladi.

Qur'oni karimning 35 ta sura va 100 dan ortiq oyatida ayol so’zining ishlatilishi va suralardan biri aynan “Niso” yani “Ayollar” deb nomlanishi va unda ayolning mavqei, uning hayotdagi o’rni, haq-huquqlari batafsil bayon etilishi ayollarga bo’lgan e'tiborning yorqin misolidir.

Islom dini ayolga to’laqonli inson sifatida qarash masalasini o’rtaga qo’yadi. Shuningdek, ayol kishi erkak kishidek, haq-huquqqa ega ekanini e'lon qiladi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) bu to’g’risida: “Albatta, ayollar erkaklarning yorti qismidir”, deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Ayol o’z umri davomida o’rni va vazifasi nuqtai nazaridan bir necha maqomlarda bo’ladi. Jumladan, u Alloh in'om etgan suyukli farzand, oiladek mas'uliyatli qo’rg’onga beka, erkak kishi uchun soliha ayol, farzandlari uchun mehribon ona yoki kimnidir opa-singil bo’lib yashaydi.

Rasululloh (s.a.v.): “Kimning 3 ta qizi bo’lib, ularni o’z qo’lida tarbiyalab katta qilsa, jannatga kirishi muqarrardir, dedilar. Shunda bir kishi: Yo Rasululloh! Uning qizi 2 ta bo’lsa-chi – deb so’radi. U zot (s.a.v.):

2 ta bo’lsa ham”, dedilar.

Bu bilan musulmon kishining qiz farzand o’stirishi, katta qilishi orqali qanchalar sharafga ega bo’linishi e'tirof etilmoqda.

Dinimiz ta'limoti erkaklarga o’z ayollari bilan xushmuomala bo’lib hayot kechirishni buyuradi. Bu haqda Alloh taolo:

 “...Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko’rsalaringiz, (bilib qo’yingki) balkim sizlar yomon ko’rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko’pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin”  (Niso surasi, 19-oyat).

Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: Sizlarning ichingizdagi eng yaxshingiz o’z ahli ayoliga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lganidir. Men esa o’z ahlimga sizlardan ko’ra yaxshiroq munosabatdaman” (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo ayollarga ona bo’lishdek, sharafli va o’ta mas'uliyatli vazifani yuklagan. Ayol kishi avvalo, Ona sifatida qadrlanadi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.): “Jannat – onalar oyog’i ostidadir”, - deb marhamat qilganlar.      

Bugungi kunda onalarimiz, ayollarimiz oilaning sog’lom iqlimi, oila bag’rida farzandlarini el-yurtining munosib o’g’il-qizlari, Vatanining haqiqiy sodiq fuqarosi bo’lib voyaga yetishlariga jon kuydirmoqdalar.

Hayotda turmush yumushlarining ko’p qismi ayollar zimmasiga tushadi. Agar ayol hayotda ham jismonan, ham ma'nan sog’lom bo’lsa, jamiyat sog’lom bo’ladi. Chunki, kelajakning mevasi bo’lmish farzandlar onalar sababli dunyoga keladilar. Ularga boshlang’ich ta'lim-tarbiya va odob-axloqni ular o’rgatadilar. Shunday ekan, kelajak avlodning barkamol bo’lishi ayollarning har jihattan yetuk bo’lishiga bog’liqdir.

Bejiz hikmatlarda: "Har bir buyuk shaxsning ortida ayol bor" deyilmagan.

Mamlakatimizning farovonligi har jihatdan ayollarga ham bog’liq ekan. Yaratgan ularni o’z hifzi himoyasida saqlab, ularga baxtli hayotni nasib qilsin.

M.O’RMONOVA,

Qo’shtepa tumani Bosh otinoyisi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram