Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 129 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-05-17 21:51:22    91

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 25-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham tuman rahbari tomonidan o’rganildi. Saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, muassasa tarbiyalanuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.

Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, joylarda mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganilib, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi va mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi ipak qurti parvarishlanayotgan xonadonlarda bo’lib, tumanda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi.


Shuningdek, tuman hokimligida mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va ularning o’rinbosarlari ishtirokida “Mahallabay” ishlar tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka yo’naltirish hamda aholi bandligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga sohada olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram