Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 174 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OBODONLASHTIRISH TIZIMI AYOLLARIGA EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2021-05-17 20:31:16    249

PDF yuklash
Chop etish



Farg’ona viloyati hokimi Hayrullo Bozarov tashabbusi bilan respublikada birinchi bor o’tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali doirasida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari tomonidan yurtimiz ravnaqi yo’lida samarali va fidokorona mehnat qilgan va qilayotgan onaxonlarga, opa- singillarga ehtirom ko’rsatilmoqda.

 “Onalarga ehtirom” festivali doirasida tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori M.Shomurodovlar bugun Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldilar. 


Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida “Obod mahalla” dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ham ushbu mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqdalar. Har kuni erta tongdan ish boshlaydigan bu tizim xodimlarining mehnati bugun tuman hokimligi tomonidan munosib qadrlandi. 


Festival doirasida ushbu tizimda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan opa-singillarimizga ehtirom ko’rsatildi. Mehnatkash va mo’'tabar ayollarimizga gullar taqdim qilinib, sovg’alar ulashildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram