Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ONALARGA HURMAT VA EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2021-05-12 16:32:15    255

PDF yuklash
Chop etish



Farg’ona viloyati hokimining “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada o’tkazish to’g’risidagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qo’shtepa tumanida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 24-umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tdi. Bugun maktab o’quvchilari va ularning onajonlari uchun yodda qolarli kun bo’ldi. Chunki ular “Onalarga ehtirom” deb nomlangan tadbirda ishtirok etdilar.

Maktab o’quvchilari erta tongda avvalo onalariga gullar hadya etdilar. Bayramona bezatilgan maktab xovlisida ustozlarini ham guldastalar bilan kutib olishdi. Onalarga bag’ishlangan she'r va qo’shiqlar ijro etishdi.

Maktab ma'muryati tomonidan namunali o’quvchilarning onalariga tabriknomalar, faxriy yorliqlar topshirildi.

“Onalarga ehtirom” festivali munosabati bilan maktab o’quvchilari o’rtasida turli tanlovlar o’tkazildi.

Aslida Ona haqida yozish uchun, Onadek muqaddas insonni tarannum etmoqqa, Ona singari buyuk shaxsni alqamoqqa kishining ko’ksida mehr-muruvvatga limmo-lim yurak urib turmog’i kerak.

Ona haqida to’lqinlanib kuylamoq uchun yurakdan sog’inch yog’ilishi zarur, muhabbatga yo’g’rilgan nur taralishi lozim, mehrga ulashgan chaqin chaqnashi kerak.

Insonga hayot bag’ishlovchi, uni yashashga undovchi hissiyotning borini to’kib solganda ham onalarning haqiqiy siymosini yaratish juda og’ir. Ularning farishtasimon fazilatlarini to’liq tasvirlab bo’lmaydi.

Onalarni ta'riflashga qalam va so’z ojizlik qilsada, maktab o’quvchilari ko’ngllaridan kechgan kechinmalarini ta'riflashga harakat qildilar.


7-8 sinlar ishtirokida o’tkazilgan rasmlar tanlovida maktabning 7 “A”-sinf o’quvchisi M.Usmonova g’olib deb topildi.


9-11 sinflar ishtirokida “Onalarga ehtirom” mavzusida o’tkazilgan insholar ko’rik tanlovida esa R.Ismoilova g’olib bo’ldi.

Tanlovda qatnashib faxrli o’rinni egallagan o’quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.


Tadbir doirasida maktabda bir necha yillar davomida faoliyat olib borib, hozirda nafaqada bo’lgan onaxon o’qituvchilar xolidan xabar olindi. Namunali o’quvchilarning xonadonlarida bo’lgan o’qituvchilar tomonidan ularning onalariga hurmat va ehtirom ko’rsatilib, maktab ma'muriyati tomonidan tayyorlagan tashakkurnomalar topshirildi.

Bo’lib o’tgan tadbirda tuman hokimining maslahatchisi U.Xolmatov va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekovlar ham ishtirok etishdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram