Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2021-05-12 11:18:25 207
Joriy yilning 11 may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e'lon qilingan edi.
Ushbu murojaatda: – “Farzandlarimiz Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Qorajiyda qishlog’idagi 9-maktabda o’qiydi. Maktab ko’chasi serqatnov va tor, mashinalar juda tez yuradi. O’quvchilar yo’lni kesib o’tgani juda qiynaladi. Bu yerda tez-tez YTH ro’y beradi. Farzandlarimizni maktabga jo’natib yurak hovuchlab o’tiramiz. Svetofor va piyodalar o’tish joyi qo’yib berishsin, iltimos!” – deya shikoyat qilingan.
Ismi-sharifi ko’rsatilmay Qo’shtepa tumani, Qorajiyda qishlog’idan yo’llangan ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan, joyiga borgan holda o’rganib chiqildi. O’rganish jarayonida murojaatchini topishning imkoni bo’lmaganligi tufayli mahalla fuqarolar yig’ini raisi bilan suhbat o’tkazildi.
Murojaatda ko’rsatilgan manzil 4K-862 “Abay q-Katta Andijon kanali-Bo’rdoqchilik” avtomobil yo’li Qo’shtepa tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan svetofor qurilmasini o’rnatish uchun GOST 23457-86 talablari bo’yicha o’rganilganda, ushbu yo’l me'yoriy qoidalarga mos kelmasligi aniqlangan.
Murojaatda ta'kidlangan 9-maktab ko’chasiga piyodalar xavfsiz o’tishlari uchun 5.16.1-5.16.2 “Piyodalar o’tish joyi” axborot ishora belgisi qo’yilganligini hamda 1.14.1 “Piyodalar o’tish joyi” yo’l chizig’i mavjudligini ma'lum qilamiz.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.