Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-05-08 21:23:42    83

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov kunlik ish rejasiga asosan tumanda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash hamda tizimli hal etish uchun 1-sektor shtabida bo’lib boshqaruv ofisi a'zolari ishtirokida yig’ilish o’tkazdi.

Yig’ilish davomida ishchi guruh a'zolari tomonidan aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholini tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 29-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. 


O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Loyson” qishloq vrachlik punktida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga qabul qilish yuzasidan mas'ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, joylarda mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganilib, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi va mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. 


Shuningdek, tuman rahbari ipak qurti parvarishlanayotgan xonadonlarda bo’lib, tumanda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram