Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FAXRIYLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2021-05-08 20:54:48 137
1999 yildan buyon 9 may sanasida nishonlab kelinayotgan “Xotira va qadrlash kuni”da xalqimiz – katta-kichik, yoshu qari, jamiyatimizning barcha a'zolari tomonidan o’tganlarni xotirlanib, ruhi shod etib kelinmoqda.
Har yili aynan shu sanada Vatan tinchligi yo’lida fidoyilik ko’rsatgan, yurt taraqqiyotiga hissa qo’shayotgan kishilar yana bir bor qadrlanib, ularga yuksak hurmat-ehtirom ko’rsatilmoqda.
Xotira va qadrlash kuni arafasida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov, sektor rahbarlari, Mahalla va oilani qo’llab-quvatlash bo’limi, tegishli idora rahbarlari va mudofaa bo’limi tomonidan 42 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi front orti va mehnat faxriylaridan 97 nafarining holidan xabar olindi.
Faxriylarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabriknomasi”, “Mahalla” XJF huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan ajratilgan 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan ajratilgan nogironlik aravachalari bayram sovg’asi tariqasida topshirildi.
Nuroniy-faxriylarimizning barchalari ko’rsatilayotgan yuksak e'tibor va g’amxo’rlik uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirib, bugungi shodumon kunlarga shukronalar aytib, duolar qildilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.