Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAXRIYLAR HAMISHA E'TIBOR VA E'ZOZDA

×

 2021-05-08 14:27:29    144

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida “9 may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan keng ko’lamli tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Shunday tadbirlardan biri bugun 1-sektor shatabida bo’lib o’tdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, sektor rahbarlari va tuman mudofaa bo’limi xodimlari ishtirok etdilar.

“9 may - Xotira va qadrlash kuni” yurtimizda nafaqat g’alaba, balki jang-u jadallarda o’zining mardligini namoyon etib, jon olib-jon bergan jasur ajdodlarimizning porloq xotirasi hamda xonadonlarimizga fayz-baraka baxsh etgan muhtaram nuroniylarimizga ko’rsatilajak mehr-shafqat, qadr bayrami hamdir!


Bu bayram frontorti xizmatlarida fidoyilik namoyish etgan insonlar va afg’on urushidagi janglarda qatnashgan faxriy jangchilarning bayrami hamdir. Demak, bu bayram hech bir o’zbekistonlikka begona emas.

Ikkinchi jahon urushi yillari frontga yordam berishda xalqimizni ishlab chiqarish sohasi hamda paxta dalalaridagi mashaqqatli mehnatlarga jalb etish bir necha hissa ortgan edi. Urushga ketgan erkaklarning o’rnini egallagan keksalar, ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar armiyani oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta'minlab, front ortida fidokorona mehnat qilishadi.


Bugun mana shunday frontorti mehnat faxriylari va Afg’on urushi qatnashchilariga hurmat va ehtirom ko’rsatildi.

Tuman hokimi I.Novikov faxriylarni  9 may – “Xotira va qadrlash kuni” bilan muborakbod etib, ularga esadilik sovg’alarini topshirdi.


Biz ko’rgan qiyinchilik kunlar ortda qolgani rost bo’lsin, yurtimiz tinchligiga ko’z tegmasin deya o’z minnatdorchiliklarini bildirgan faxriylar ko’rsatilayotgan ehtirom va g’amxo’rliklar uchun mamlakatimiz rahbari, tuman hokimi va mutasaddilarga o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram