Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OILA - MUQADDAS DARGOH

×

 2021-05-08 08:59:15    168

PDF yuklash
Chop etish



Mamalakatimizda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, odil sudlovni va sud tizimiga oid islohotlarni amalga oshirish sud idoralarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur vazifani amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qatorida viloyat va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchilari ham muhim rol o’ynaydi.

2020 yil 15 dekabrda tasdiqlangan Farg’ona viloyatining fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha, ma'muriy va iqtisodiy sudlari hamda Farg’ona viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risidagi memorondumning hududlardagi ijrosini ta'minlash maqsadida Qo’shtepa tumanida viloyat sudi fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay'ati raisi O.Xasanov, tuman hokimi o’rinbosari mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilov hamda tumandagi mahalla fuqarolar yig’ini raislari, raislarning oila va xotin-qizlar bo’yicha o’rinbosarlari ishtirokida “Oila muqaddas dargoh” mavzusida seminar mashg’uloti o’tkazildi.

Seminarda oila jamiyatning muqaddas dargohi hisoblanishi, uni asrab avaylash har bir oila a'zosining ayniqsa, er va xotinning asosiy vazifasi ekanligiga e'tibor qaratildi. Shuningdek, ota-onaning o’rni, er va xotin munosabatlari, farzandlar tarbiyasi muhim ekanligi haqida gapirib o’tildi.


Seminar mashg’uloti savol javoblarga boy bo’lib, tumandagi mahalla fuqarolar yig’ini raislarining oila va xotin-qizlar bo’yicha o’rinbosarlari o’z amaliyotida duch keladigan muammoli holatlar yuzasidan savollar berishdi. Viloyat sudi fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay'ati raisi O.Xasanov muammoli holatlar yuzasidan berilgan savollarga asoslantirilgan javoblar berdi.

Seminar mashg’uloti yakunida Farg’ona viloyat sudi tomonidan tayyorlangan “Nikoh va oila – Konstitutsiya va qonunlarimiz himoyasida”  hamda “Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga sud buyrug’i chiqarish haqidagi arizani topshirish tartibi” haqidagi 30 dan ortiq bukletlar tarqatildi.

Shuningdek, O.Xasanov 2021 yil 30 mart kuni qabul qilingan (O’RQ-679-sonli) O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonunining mazmun mohiyatini seminar ishtirokichilariga yetkazdirdi.

Kelgusida mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limlari bilan sudlar o’rtasida bu kabi tadbirlarni doimiy o’tkazish belgilab olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram