Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-05-07 20:41:03    74

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov kunlik ish rejasiga asosan bugun Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 42-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi ushbu muassasada “9 may xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ham ishtirok etib, hududdagi mehnat faxriylarini bayram bilan tabrikladi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham tuman hokimi tomonidan o’rganildi. Saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari qizil hududdagi Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

I.Novikov Do’rmon mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan hunarmandlar faoliyatlari bilan tanishib, ular tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda usta-shogird an'analarini davom ettirish yuzasidan o’zining tegishli takliflarini berdi.           


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, joylarda mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganilib, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram