Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-05-05 10:32:11    98

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 4 may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e'lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: “Farg’ona viloyati, Qo’shtepa tumani, “Chinortepa” ko’chasidagi manzara. Na suv, na yo’l muammosi hal bo’ldi. Eski simyog’ochlarni aytmasa ham bo’ladi! Pul yig’ib o’zimiz hal qilaylik desak aholining katta qismi ishsiz. Mas'ullardan amaliy yordam kutib qolamiz” – deya shikoyat qilingan.

Ismi-sharifi ko’rsatilmay Qo’shtepa tumani, Qiyqi MFY, “Chinortepa” ko’chasidan yo’llangan ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan, joyiga borgan holda o’rganib chiqildi. O’rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig’ini raisi bilan suhbat o’tkazildi.

Qiyqi mahallasidagi Chinortepa ko’chasi PS-35/10 Beshkapa 10 kV F-Chimkent TP-119/ elektr energiyasi bilan ta'minlangan bo’lib, ushbu transformatordagi 0.4 kVt li havo liniyasidagi qo’l bola tayanch ustunlari   2021-yil 2-chorak yakuniga qadar mukammal ta'mirlanishi ko’zda tutilgan. Qiyqi mahalla fuqarolar yig’iniga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangi qurilish dasturi to’g’risida”gi PQ-2661-sonli Qarori bo’yicha 1 dona 160 kVt TP hamda 2.4 0.4 kV li havo tarmog’i tortilgan bo’lib, Chinortepa ko’chasi bosqichma-bosqich rekonstruktsiya qilinmoqda.

Chinortepa ko’chasidagi tik ichimlik suvi qudug’i foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolganligi sababli, ushbu ko’chani toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 2019 yilda viloyat “Suv oqava” DUK tomonidan 400 metr D76 polietilen quvuri yotqizilgan. Aholi bilan Farg’ona Suvta'minoti Qo’shtepa tumani bo’limi o’rtasida ichimlik suvidan foydalanish uchun ikki tomonlama shartnomalar tuzilmaganligi, qolaversa yil davomida foydalanilgan ichimlik suvi uchun to’lovlar aholi tomonidan turli vajlar bilan to’lamay kelinganligi tufayli tarmoqdan vaqtinchalik uzib qo’yilgan.

Agar aholi tomonidan foydalanilgan ichimlik suvi uchun to’lovlar muntazam ravishda to’lanib, Farg’ona Suvta'minoti Qo’shtepa tumani bo’limi bilan ichimlik suvidan foydalanish uchun ikki tomonlama shartnomalar tuzilsa, ichimlik suvini yetkazib berishda muammolar vujudga kelmaydi.

Murojaatda tilga olingan Chinortepa ko’chasidagi ichki yo’lga shag’al yotqizilgan bo’lib, ichki yo’lni asfaltlashtirish ishlari tegishli dasturlar asosida, belgilangan tartibda bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ma'lum qilamiz. Bu haqda ushbu ko’chada yashovchi fuqarolarga ham tushuntirish berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram