Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JURNALIST VA BLOGERLAR QO’SHTEPA TUMANIDA

×

 2021-05-04 15:59:58    287

PDF yuklash
Chop etish



Shu yilning 4 may kuni viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, hokimlik va boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari hamda blogerlar uchun Qo’shtepa tumaniga Press-tur uyushtirildi.


Press-tur ishtirokchilari dastlab Qo’shtepa tumani hokimligi muassisligidagi “Istiqbol yo’li” gazetasi tahririyatida bo’lishib, gazetaning faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.


Uchrashuv chog’ida gazeta bosh muharriri U.Xudoyberganova, mas'ul kotib X.Karimovalar gazetaning tarixi va buguni haqida so’z yuritdilar. Gazetada faoliyat yuritgan ijodkorlar nomini hurmat bilan tilga olishdi.


Tadbir qizg’in mushoiraga aylanib ketdi. Ishtirokchilardan tahririyat qoshidagi “G’uncha” adabiy to’garagi rahbari T.O’rinov, Marg’ilon shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari A.Mansurov va “Quva hayoti” gazetasi xodimi G’ulom Ikromlar o’zlarining ijod namunalaridan o’qib berdilar.  “Quva hayoti” gazetasi xodimi N.Xaydarov esa o’zining diltortar qo’shig’ini ijro etdi. 

Shundan so’ng OAV vakillari Qo’shtepa tumani axborot-kutubxona markazida bo’lishdi. 


Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Sohaga oid qator qonun va qarorlar qabul qilingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Endilikda avvalgi oddiy an'anaviy kutubxonalar o’rnini zamonaviy ko’rinishdagi kompyuter texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona markazlari egalladi. 


Tumanimizdagi axborot-kutubxona markazi ham zamonaviy joy va texnologiyalar bilan jihozlangan. Hozirda zamonaviy ko’rinishdagi kompyuter texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritmoqda.

Tadbir ishtirokchilari axborot-kutubxona markazining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


Press-tur ishtirokchilari bilan tuman hokimligida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda tuman hokimi I.Novikov va tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha birinchi o’rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i A.Yunusovlar ishtirok etishdi.


Matbuot anjumanida tuman hokimi I.Novikov “Prezidentimizning Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va “Farg’ona viloyatida yangi “o’sish nuqta”larini shakllantirish, hududni mahallabay kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish va mavjud muammolarni hal etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida” gapirib o’tdi.


Shundan so’ng jurnalist va blogerlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir ishtirokchilari qizg’in savol-javoblarga boy tarzda o’tgan matbuot anjumani doirasida olgan taasurotlari va munosabatlarini bildirib o’tdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram