Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLAR QABULI: MUROJAATGA TEZKOR YECHIM
2021-05-03 13:02:20 205
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida tuman hokimligi tomonidan “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazilib kelinmoqda.
Bugun navbatdagi qabul Qo’shtepa tumanidagi Bosh vazir qabulxonasida o’tkazildi. Qabul davomida tuman hokimi I.Novikov 10 nafarga yaqin tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Tadbirkorlar asosan kredit, joy masalasida murojaat qildilar.
Qabulda ishtirok etgan har bir tadbirkorning murojaati ro’yxatga olinib hokim tomonidan batfsil eshitildi, tavsiya va tushuntirishlar berildi hamda tegishli tartibda o’rganib hal etish uchun mutasaddilarga biriktirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.