Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAJBURIY IJRO BYUROSI FAOLIYATIDAN

×

 2021-05-01 13:29:05    253

PDF yuklash
Chop etish



Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi tomonidan Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish hamda undirilgan mablag’lardan “Temir daftar”ga yo’naltiriladigan davlat foydasiga undirish bilan bog’liq ijro hujjatlari ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, bo’lim ish yurituvidagi Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining joriy yil 17 apreldagi ma'muriy jazo qo’llash to’g’risidagi qaroriga asosan mast holda transport vositasini boshqarib huquqbuzarlik sodir qilgan fuqaro A.O’rinovga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 1-qismiga asosan tayinlangan 6.125.000 so’m jarima jazosi 3 kun ichida davlat foydasiga undirilib, mazkur ijro hujjati O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.

Shuningdek, shu sudning 2020 yil 4 dekabardagi qarori bilan fuqaro A.Alijonovga MJtKning 131-moddasi 1-qismiga asosan 5.575.000 so’m jarima jazosi tayinlangan. Qarzdor o’ziga berilgan ixtiyoriy muddatda uzrsiz sabablarga ko’ra ijro hujjati talabini bajarmaganligi sababli,   unga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 198 prim 1-moddasi (2-qismi), MJtKning 332 prim 1-moddasi hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 82-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobari, ya'ni 1.225.000 so’m miqdorida jarima qo’llanilib, qarzdor A.Alijonovdan davlat foydasiga jami 6.250.000 so’m undirildi.

S.VASIJONOV,

bo’lim davlat ijrochisi.                                          



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram