Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MEHNAT YARMARKASIDA 194 NAFAR ISHSIZ FUQAROLARNING BANDLIGI TA'MINLANDI
2021-05-01 13:00:56 157
2-sektor hududidagi 1-sonli IDUMIda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida “Bo’sh ish o’rinlar” mehnat yarmarkasi o’tkazildi. Unda 245 dan ortiq ishsiz fuqarolar, 143 nafar yoshlar, 97 nafar ayollar va 5 nafar mehnat migrantlari ishtirok etishdi.
Yarmarkada tumanimizda faoliyat olib borayotgan hunarmand va tadbirkorlar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko’rgazmasi bilan qatnashdilar.
Hududdagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar, shuningdek, surunkali kasalligi bor fuqarolar shu yerning o’zida tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori M.Shomurodovlar ishtirok etib, ishtirokchilarni tashkil etilgan mehnat yarmarkasidan unumli foydalanib o’zlariga maqbul kelgan ish o’rinlariga joylashishlarini takidlab o’tdilar.
Yarmarkada 60 dan ziyod korxona, tashkilot va muassasalar o’zlarining
1450 dan ortiq bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishdi. Natijada 194 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlanishiga erishildi. Shundan, 101 nafar fuqaro “Fergana global tekstil” MChJga, 11 nafari tumandagi bo’sh ish o’rinlariga, 52 nafari haq to’lanadigan jamoat ishlariga va 30 nafari kasb-hunarga o’qitishga yuborildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.