Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

5 MUHIM TASHABBUS YOSHLARGA QANOT

×

 2021-05-01 12:24:37    115

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi 10-umumiy o’rta ta'lim maktabida “Temur tuzuklari bilimdoni“ hamda Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib“ asari bo’yicha kitobxonlik tanlovi bo’lib o’tdi.


Tadbirda tumanimizdagi ijodkor yoshlar “G’uncha” to’garagi rahbari T.O’rinov, yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi D.Xoliqov, madaniyat bo’limi vakillari, o’quvchilar va pedagog xodimlar ishtirok etdilar.  


Uchrashuv davomida 5 ta muhim tashabbus doirasida sport o’yinlari, milliy hunarmandchilik namoyishlari, tasviriy va amaliy san'at hamda kitobxonlik bellashuvlari o’rin egalladi.

“Temur tuzuklari bilimdoni“ bo’yicha S.Ortig’aliyeva g’oliblikni ko’lga kiritgan bo’lsa, bolajonlar sevimli yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib“ asari kitobxonlari deb 5-sinf o’quvchilari topildi. 


Shuningdek, tadbir davomida Farida Yunusovaning “Baxt sog’inchi“ kitobi taqdimoti ham o’tkazildi. 


Tadbirda tasviriy va amaliy san'at yo’nalishida bellashgan o’quvchilar shoiraning “Baxt sog’inchi“ nomli kitobini mo’yqalamda tasvirlagan bo’lsalar, shoira qizlar Farida Yunusovaning she'rlaridan o’qib berdilar. Madaniyat bo’limi vakillari va o’quvchilarning badiiy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat ulashdi. 


 Bellashuvlarda faol ishtirok etgan o’quvchilar tadbir so’ngida sovg’alar hamda maxsus tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram