Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
# ONLINE
2021-05-01 12:06:53 168
Viloyat hokimligining katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.K.Narbayeva ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish (videokonferentsaloqa tarzida) o’tkazilmoqda.
Videokonferentsaloqa tarzida o’tkazilayotgan yig’ilishda Qo’shtepa tumani hokimligi studiyasidan tuman hokimi I.Novikov va hokimning barcha o’rinbosarlari, sektor rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqdalar.
Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 12-17 aprel kunlari Farg’ona viloyati aholisi bilan bevosita muloqot olib borish orqali ularni o’ylantirayotgan muammolar, ayniqsa, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar bilan sektorlar kesimida “mahallabay” ishlash tizimi asosida olib borilayotgan ishlarni o’rganish natijalari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.K.Narbayevaning Farg’ona viloyatiga tashrifi yakunlari muhokama etilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.