Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2021-04-29 09:58:59 154
Joriy yil 28 aprel kuni “Farg’ona | Kun.uz” rasmiy kanalida «Langarda va'da qilingan «stolbalar» qachon o’rnatiladi?» sarlavhasi ostida tanqidiy maqola chop etilgan edi.
Maqolada Langar mahalla fuqarolar yig’ini, Mardlik ko’chasidagi aholi xonadonlari elektr ta'minoti holati ko’rsatilgan bo’lib, ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida Qo’shtepa tumani elektr ta'minoti korxonasi tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan ishlarni ma'lum qilamiz.
Mardlik ko’chasidagi aholi xonadonlarining elektr ta'minoti 137-sonli transformator punktidan bajarilgan bo’lib, transformatordan 1.5 km uzunlikdagi 0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish “liniya”si ulangan. Shundan 1 km uzunlikdagi “liniya”ning tayanchlari temir beton tayanchlar bo’lib, qolgan 500 metriga yangi cheklarga ko’chib o’tgan fuqarolar tomonidan qo’lbola tayanchlar o’rnatilgan.
137-sonli transformator punktining yuklamasini yengillatish maqsadida 2020 yil manzilli dasturiga qo’shimcha 1 dona transformator punkti va 1 km 0.4 kV uzatma qurish kiritilib, loyiha smeta xujjatlari tayyorlangan.
Hozirda «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan Istiqbol va Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inlarida transformator punktlari va elektr uzatish “liniya”lari qurish tadbirlari yakunlanmoqda. Do’rmon mahallasida 1 ta yangi transformator punkti va 0.8km 0.4 kV elektr uzatish “liniya” qurish amalga oshirildi. Buning uchun 32 dona temir beton tayanchlari o’rnatildi va SIP-50 rusumli kabel “linya”lari tortildi. Istiqbol mahallasida 3 ta yangi tranfsormator punktlari qurilib, 0.4 kV kuchlanishli 1.1 km SIP-50 kabel “liniya”lari tortildi. Buning uchun 90 dona temir beton tayanchlari o’rnatildi. Yana 57 dona temir beton tayanchlar o’rnatish ishlari bajarilmokda.
Istiqbol va Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inlaridagi «Obod qishloq» dasturi yakunlangandan so’ng Langar mahalla fuqarolar yig’inidagi TP-137 da qurilish ishlari boshlanadi. Ushbu loyihaga asosan 10 kV uzatma uchun 17 dona, 0,4 kV uzatma uchun 49 dona temir beton tayanchlari, 1 dona quvvati 100 kVA bo’lgan KTPM rusumli transformator punkti o’rnatilib, 1302 metr 0.4 kv SIP kabel “liniya”si tortiladi.
Qurilish mobaynida maqolada ko’rsatilgan Mardlik ko’chasidagi nosoz tayanchlar o’rniga temir beton tayanchlari ham o’rnatiladi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.