Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-04-28 21:50:45    123

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun qizil hududdagi Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. Ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Ismoiljon gilamlari” xususiy korxonasida bo’lib, korxonada ishlab chiqarilayotgan ipakchilik mahsulotlari sifatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini kengaytirish yuzasidan o’z takliflarini berdi.


Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli “Barkamol avlod” ijodiyot markazida bo’lgan tuman hokimi, muassasada yosh avlodni tarbiyalash hamda ularni hunar egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda to’garaklar faoliyati bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga muassasa qamrovini kengaytirish hamda yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Sektor rahbari tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 13-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi 25-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida bo’lib, muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish zarurligi yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.


“9 may – Xotira va Qadrlash” kuni munosabati bilan Madaniyat markazida tumanda istiqomat qiluvchi front orti qanashchilari hamda tumandagi faollar ishtirokida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirni tuman hokimi ochib, mash'um urush davrida o’zining metin irodasi bilan front ortida mehnat qilgan fuqarolarni jasoratlarini takidlab, bugungi tadbir bilan tabrikladi. Tadbir ishirokchilariga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.


Tuman hokimi tomonidan “Boboqum” massivida yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. YEr maydonlaridan samarali foydalanishlari hamda daromadlarini oshirishlari yuzasidan yoshlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram