Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2021-04-28 18:50:00    109

PDF yuklash
Chop etish



“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi

O’zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va ahamiyati

(O’RQ–679-son, 30.03.20210 y.)

Qonun bilan O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi, Jinoyat kodekslariga hamda O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Jumladan, MJtKga kiritilgan 201/1-moddaga ko’ra:

O’zbekistonning qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek matnni ko’paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da'vat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (14 mln 700 ming so’mdan

19 mln 600 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra:

O’zbekiston Prezidentini telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet butunjahon axborot tarmog’idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari Prezidentni omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, mazkur jinoyatni matbuot yoki boshqa OAVdan foydalangan holda sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud edi).

Jinoyat kodeksiga ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo’ravonlik qilishga omma oldida da'vat qilganlik uchun javobgarlik kiritildi.

O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga kiritilgan qo’shimchalarga ko’ra veb-saytning yoki boshqa axborot resursining egasi, bloger internet tarmog’idagi o’z veb-saytidan yoki boshqa axborot resursidan quyidagi maqsadlarda foydalanilishiga yo’l qo’ymasligi shart:

Konstitutsiyaviy tuzumini, Respublikaning hududiy yaxlitligini zo’rlik bilan o’zgartirishga da'vat etish;

ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zo’ravonlik qilishga, noqonuniy yig’ilishlar, mitinglarda, ko’cha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga da'vat qilish;

ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zo’ravonlik qilishga, noqonuniy yig’ilishlar, mitinglarda, ko’cha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga da'vat qilish;

jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg’on axborot tarqatish;

urush, zo’ravonlik va terrorizmni, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g’oyalarini targ’ib qilish;

davlat sirlarini yoki boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni oshkor etish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo’zg’atuvchi, fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro’siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo’l qo’yuvchi axborotni tarqatish;

jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish;

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni targ’ib qilish;

pornografiyani, zo’ravonlikni va shafqatsizlikni targ’ib qilish, shuningdek o’z joniga qasd qilishga da'vat etish;

fuqarolarni ularning hayotiga yoki sog’lig’iga yoxud o’zga shaxslarning hayotiga yoki sog’lig’iga tahdid soluvchi g’ayrihuquqiy harakatlarni sodir etishga undashga qaratilgan axborotni tarqatish;

qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo’ladigan o’zga harakatlarni sodir etish.

Veb-saytning yoki boshqa axborot resursining egasi, bloger bunday axborot aniqlangan taqdirda, darhol uni o’chirib tashlash choralarini ko’rishi shart.

Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka da'vat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Qonunchilik hujjatlarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida da'vat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (14 mln 700 ming so’mdan 19 mln 600 ming so’mgacha) miqdorda ma'muriy jarima solishga sabab bo’ladi.

Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo’ravonlik qilishga omma oldida da'vat qilish:

BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jinoiy jarima;

yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan yoki OAV, telekommunikatsiya, Internet orqali sodir etilsa:

BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima:

yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari:

yoxud 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Avazjon ERGAShEV,

Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram