Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-04-27 23:11:29 197
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Langar mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Uniforum plyus” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’ldi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan tirkotaj mahsulotlari sifatini yanada yaxshilash va eksportni yo’lga qo’yish, ishlab chiqarish xajmini oshirish bo’yicha qo’shimcha ishlar olish yuzasidan o’z takliflarini berdi.
Tuman hokimi 20-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inini qizil hududdan chiqarish yuzasidan “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan mahallada o’rganishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sektor rahbari 8-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida hamda 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida bo’lib, muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.
Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari rahbarlari hamda mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda birinchi kompleks ishlovlarni o’tkazish, kultivatsiya, mayda chopiq va rexleniya qilish, qatqaloq bo’lgan maydonlarni yumshatish, dala maydonlariga feramon tutqich o’rnatish, oltingugurt sepish hamda o’q va shox ariqlarni olish yuzasidan o’quv amaliy seminari o’tkazildi. Seminarda tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga chigit ekilgan maydonlarda olib boriladigan agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan belgilangan muddatlarda o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.