Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJODKOR YOSHLARGA E'TIBOR

×

 2021-04-27 17:13:51    137

PDF yuklash
Chop etish


Har qanday jamiyat kelajagining hal qiluvchi kuchi yoshlardir. Ertamiz egalarining har tomonlama sog’lom, yuksak ma'naviyatli bo’lib ulg’ayishida san'at va adabiyotning ham alohida o’rni bor.

Darhaqiqat Qo’shtepa tumanida ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularning kitoblarini chop etilishi ijodkor yoshlarga bo’lgan e'tiborning yorqin namunasidir. Unda tumanimizda ijod qilayotgan yoshlarning iste'dodlari kashf qilinyapti.


“Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da ijodkor yoshlarimizga yana bir karra e'tibor qaratildi. Joriy yilning fevral oyida Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa'dullayev va tuman hokimi I.Novikov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tgan edi. Ushbu uchrashuvda I.A'zamjonova tumandagi iqtidorli yoshlarni she'riy kitoblarini chop ettirishda amaliy yordam so’rab murojaat qilgan edi.

Ushbu uchrashuvdan so’ng tuman hokimi I.Novikov tomonidan iqtidorli yoshlarning kitoblarini chop etish uchun 30 million so’m mablag’ ajratildi. Ushbu mablag’lar evaziga tumanimizdagi 2 nafar yosh ijodkorning mualliflik kitobi chop etildi. Shuningdek, 23 nafar yoshlar tomonidan yozilgan she'rlar esa to’plam shaklida chop etildi.

Bugun “Yoshlar markazi”da tuman hokimi I.Novikov ishtirokida ushbu kitoblarning taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda Zarnigor Tolipovaning “Bahor sog’inchi”, Iroda A'zamjonovaning “Baxt uchqunlari” nomli  mualliflik kitoblari hamda 23 nafar yoshlarning “Orzular og’ushida”, “Bedor yuraklar”, “Yosh qalblar sadosi” deb nomlangan kitoblari o’quvchilar e'tiboriga havola etildi.


Tadbirda tuman hokimi I.Novikov so’z olib, iqtidorli yoshlarni doimo qo’llab quvvatlashga tayor ekanligini bildib o’tdi.

Uchrashuv davomida yosh ijodkorlar va ularning ota-onalari mas'ullarga o’z minnatdorchiligini bildirdilar. Tadbir so’ngida nashr etilgan kitoblar o’z egalariga topshirildi.

Qo’shtepa tuman adliya bo’limi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram