Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-04-26 21:12:22 236
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da navbatdagi tadbirkorlar qabulini o’tkazdi. Qabulda tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan 7 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarning 6 tasi joyida hal etildi hamda 1 ta murojaatda ko’tarilgan masalalar yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.
Sektor rahbari qizil hududdagi Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
I.Novikov 30-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Langar mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Uniforum plyus” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lgan tuman hokimi korxonada ishlab chiqarilayotgan tirkotaj mahsulotlari sifatini yanada yaxshilash hamda ishlab chiqarish xajmini oshirish bo’yicha qo’shimcha ishlar olish yuzasidan o’z takliflarini berdi.
“Boboqum” massivida yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan yoshlarga yer maydonlaridan samarali foydalanishlari hamda daromadlarini oshirishlari yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun g’alla va chigit ekilgan maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda sektorlarda tomonidan tashkil etilgan qishloq xo’jaligi shtablarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga g’alla va chigit ekilgan maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.