Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORRUPTSIYA-JAMIYAT TARAQQIYOTI KUSHANDASI

×

 2021-04-23 22:33:46    126

PDF yuklash
Chop etish



Davlat va jamiyat rivojlanishida halollik, to’g’rilik, o’z ishiga mas'uliyat bilan yondashish va albatta kuchli bilimga ega bo’lish muhim omillardandir. Xalqimizda shunday bir ajoyib maqol bor “Halol ish – lazzatli yemish”. Ko’pchilik insonlar oson va qiyinchiliklarsiz erishiladigan yo’llarni tanlaydilar. Xattoki u yo’l halol emasligini bilsalar ham. Ayrim fuqarolarimiz osonlik bilan maqsadga erishish yo’lini tanlab, aldanib qolganliklarini afsuski kech anglab yetmoqdalar.

Poraxo’rlik, bir-birini aldab, firibgarlik qilish kabi illatlar bizdan bir necha asr ilgari yashab o’tgan insonlar davrida ham mavjud bo’lgan. Vaholangki, bugungi kunga qadar bu yaramas illatga qarshi qancha zamonlardan buyon ziyolilar va marifatparvar shaxslar tomonidan kurashib keliniayotganligiga qaramay hali xanuz uning ildizi qurimay kelmoqda. Ta'magirlik, firibgarlik, aldash va poraxo’rlik kabi illatlar ko’p hollarda qanoatsizlikdan kelib chiqadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev fuqarolarning manfaatlarini eng oliy darajaga ko’tarib, yurtimizning rivojlanishida va ertangi hayotimizning gullab yashnashi uchun korruptsiyasiz hayot barpo qilib, yangi O’zbekistonda tinch va hotirjam, oilalarimiz bag’rida buyuk g’oyalarni korruptsiyasiz amalga oshirib, butun jahon hamjamiyatida rivojlangan davlatlar qatorida bo’lishga  chaqirmoqda.

2020 yil 31 dekabr kuni “Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko’maklashgan shaxslarni rag’batlantirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningqarori chiqdi. Undagi Nizomning 9-bandiga asosan:

9. Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko’maklashgan shaxslar quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan rag’batlantiriladi:

a) korruptsiyaga oid ma'muriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;

b) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o’zlashtirilayotgan (o’zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o’ttiz baravarigacha bo’lsa:

ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;

uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida;

og’ir jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravari miqdorida;

o’ta og’ir jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o’n besh baravari miqdorida;

v) pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o’zlashtirilayotgan (o’zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o’ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo’lsa:

ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat uchun-bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravari miqdorida;

uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o’n besh baravari miqdorida;

og’ir jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida;

o’ta og’ir jinoyat uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida;

Birovning qo’li bilan tikan yulish oson deganlaridek jamiyatimizda noto’g’ri yo’ldan yurib, yengil hayot kechirish yo’lini tanlagan insonlar afsuski mavjud. Mashxur faylasuf Arastu “bekorchilik - hamma qusurlarning doyasi” - deb aytgan. Bugungi kunda muxtaram Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikka keng yo’l ochib berilmoqda. Ishsizlarni ish bilan ta'minlagan tadbirkorlarga ko’plab soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha yengilliklar yaratildi.

Biz insonlar e'tiqod va bilimga egamiz, mehnat qila olamiz. Birinchi qadamni tashlashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergashadi. Muvaffaqiyat faqat intiluvchi insonlargagina nasib qiladi. Xarom ish insonni tez qaritar deganlaridek, nima uchun shunday zamonda jinoyat va xarom ishlarni qilib, bizga berilgan ozgina hayotimizni g’urbat va noxushlikda o’tkazishimiz kerak.

M.RASULOVA,

Farg’ona viloyati sudi sudya katta yordamchisi, viloyat sudlari yoshlar yetakchisi.        




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram