Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YOSHLAR DAFTARI”DAGI YOSHLARGA E'TIBOR

×

 2021-04-23 17:25:05    154

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qo’shtepa  tumani O’quv-sport texnika klubida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi bilan hamkorlikda  o’quv seminar tashkil etildi.


Seminarda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tiborga to’xtalib o’tdi. Yoshlarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so’z yuritib, ularga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

 Haydovchilik kasbiga o’qish istagida bo’lgan “Yoshlar daftari”dagi 25 nafar yoshlarning o’qishlari uchun to’lov summasini 50 foizi davlat byudjetidan qoplab berildi.

Tuman hokimi seminar davomida yoshlarga imtiyozli ravishda o’qishni boshlashlari uchun boshlang’ich badal to’lovlari to’lab berilganligi to’g’risidagi sertifikatlarni topshirdi.


Tadbirda haydovchilik kasbiga o’qish istagini bildirgan yoshlar nomidan Dexqonobod mahallasi, Sitaxgoh ko’chasida yashovchi I.Madraximzoda so’z olib, yoshlarga yaratilgan sharoitlar uchun Muhtaram yurtboshimizga o’z minaddorchiligini bildirib, olgan bilimlarini yurtimiz ravnaqi uchun sarflashga va'da berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram