Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILAGA YORDAM KO’RSATILDI

×

 2021-04-23 14:53:55    128

PDF yuklash
Chop etish



Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Abduraxmon Xojiakbarovning oilasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan hisoblanadi. Xojiakbarovlar oilasini ijtimoiy moslashtirish maqsadida turli yordamlar ko’rsatib kelinmoqda.


Oila bekasi Saodatxon Xojiakbarova mahallada “Ayollar daftari”da turadi. U ishsiz bo’lganligi tufayli bandligini ta'minlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan xovlisining 1 sotix yeriga bepul issiqxona qurib berildi. Bugungi kunda uning bandligi ta'minlandi. Saodatxon xozirda ham tomorqaga ham issiqxonaga qarab, daromad olishga harakat qilmoqda.  


Tuman hokimi I.Novikov va huquq-tartibot idoralari rahbarlari bugun ushbu xonadonda bo’ldilar. Oilaning yashash sharoiti bilan tanishib, suhbat o’tkazdilar. Oilaga yordam tariqasida kir yuvish mashinasi, gaz plitasi va gaz balon topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram