Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’ALABA MUBORAK!

×

 2021-04-23 10:25:13    117

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida tashkil etilgan chim ustida xokkey bo’yicha “Zarnigor” qizlar jamoasi shu paytgacha ko’plab musobaqalarda shohsupaning eng yuqori cho’qqilarini zabt etib kelmoqda. “Shomirza” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi bolalar va o’smirlar sport maktabi yoshlaridan tarkib topgan chim ustida xokkey bo’yicha viloyat qizlar terma jamoasi 2018 yilda Singapur, 2019 yilda Malayziyada bo’lib o’tgan Osiyo musobaqalari g’oliblari safidan joy oldi.


O’tgan asrning saksoninchi yillarida tumanimizda chim ustida xokkey bo’yicha qizlar jamoasi tashkil etilgan bo’lib, ko’plab musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Chekka qishloqda mazkur sport turiga qiziqqan qizlar safi kengaydi, ko’plab chempionlar yetishib chiqdi. Mustaqillik yillarida “Zarnigor” chim ustida xokkeychi qizlar jamoasi mamlakat va xalqaro sport bahslarida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda. O’zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etayotgan sportchilar asosini mana shu sport maktabida yetishib chiqqan yoshlar tashkil etadi. 


Yaqinda Buxoro shahrida chim ustida xokkey bo’yicha ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionatining III-IV tur yakunlovchi musobaqalari bo’lib o’tdi. Murosasiz va baxslarga boy kechgan uchrashuvda “Zarnigor” jamoasi qizlari viloyat sharafini munosib himoya qilib, faxrli uchinchi o’rinni qo’lga kiritdilar. Bu yutuq evaziga jamoaning a'zolari oliy ta'lim muassasasida o’qish uchun imtiyozli yo’llanmaga ega bo’ldi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram