Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-04-23 08:59:57    87

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov 27-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanimizdagi fermer xo’jaliklarida 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram