Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 318 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISHSIZ YOSHLARNING BANDLIGI TA'MINLANDI

×

 2021-04-21 22:58:49    224

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimizda aholining qariyb 55 foizini yoshlar tashkil etadi. Shu bois, bugun yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, ularni biznes bilan shug’ullanishga faol jalb qilish asosiy vazifaga aylangan.

Aynan shu maqsadda Qo’shtepa tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligi ta'minlanib, ularga yer ajratib berildi. Xozirda ular o’z dehqonchiliklarini boshlab, daromad olish maqsadida turli hil qishloq xo’jaligi ekinlarini ekib parvarishlamoqdalar.


– «Yoshlar daftari» ro’yxatiga olingan yigit-qizlarimiz dehqonchilik qilib, yilda uch marta hosil olish harakatida ishlashib, oilasi daromadiga o’z hissasini qo’shadi, – deydi yoshlar bilan uchrashib, ularni faoliyati bilan tanishgan Qo’shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Yusupov. – Yosh dehqonlarning yaqin atrofdagi mahallalarda istiqomat qilishi ortiqcha xarajatlarsiz, vaqtdan unumli foydalanib, ko’proq mehnat qilish, daromad olish imkonini beradi.

Darvoqe, davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e'tibordan mamnun o’g’il-qizlar dastlab kartoshka, so’ng dukkakli ekinlar ekishini aytib, o’zlariga bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qilmoqdalar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram