Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“VODIY OVOZI” KO’RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O’TKAZILDI

×

 2021-04-21 21:49:29    144

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi 15-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman hokimligi, Madaniyat bo’limi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi bilan hamkorlikda yosh iste'dod va iqtidor egalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Vodiy ovozi” tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.

   Ko’rik-tanlovda 20 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdilar. Hakamlar xay'ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari adolatli baholab borildi. 


O’tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra estrada yo’nalishi bo’yicha 1-o’rinni 50-umumta'lim maktabi o’quvchisi M.Xolmatov, 2-o’rinni Madaniyat markazi to’garak rahbari A.Sheraliyevlar egalladi.

        An'anaviy ijrochilik yo’nalishida 1-o’rinni A.Ismoilov, 2-o’rinni “Yosh maqomchi” Respublika tanlovi g’olibi A.Qosimov hamda Farg’ona davlat universiteti talabasi B.Abdujabborov, 3-o’rinni T.Qodirov va 6-umumta'lim maktabi o’quvchisi Z.Po’latovlar egalladilar. 


    Bundan tashqari ko’rik-tanlovda N.Oxunov, Z.Qosimov va D.Abduhalimovlar ham faol ishtirok etdilar.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram