Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 178 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O’ZBEK ALIFBOSIGA O’TAMIZ

×

 2021-04-21 20:36:49    258

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Mamlaktimizda o’zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6084-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil

10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to’liq o’tishni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 61-sonli qarori qabul qilingan. Qaror ijrosi yuzasidan tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan,

2021-2023 yillar davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha “Yo’l xarita”si ishlab chiqilgan.

Jumladan, “Yo’l xarita”da Axborot-kutubxona markazi, tashkilot va korxonalardagi boshqa kutubxonalarning lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidagi adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich boyitib borilishini ta'minlash, kirill alifbosida chop etilgan va kutubxonalarda saqlanayotgan adabiyotlarni bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidagi elektron ko’rinishlarini yaratish yuzasidan vazifa va topshiriqlar ko’rsatib o’tilgan.


Bugun tuman hokimining maslahatchisi U.Xolmatov tomonidan, tuman Axborot kutubxona markazida saqlanayotgan kitob fondining holati, bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidagi adabiyotlarni ko’paytirish, ularni elektron ma'lumotlar bazasini yaratilishi jarayonlari o’rganildi.

Hozirgi kunda, tuman Axborot kutubxona markazida jami 37429 ta kitob fondi mavjud bo’lib, bulardan 18329 ta adabiyotlar kirill alifbosida, 2047 ta adabiyotlar lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida hamda 17053 ta adabiyotlar esa chet tillarda (rus va ingliz va h.k) saqlanmoqda.

O’rganish davomida, Axborot kutubxona markazi rahbari O.Yoqubovga, kutubxona fondini “Yo’l xarita”da belgilangan muddatga qadar, lotnin yozuviga asoslangan adabiyotlar bilan to’ldirish, ularni elektron ma'lumotlar bazasini yaratish bo’yicha ko’rsatmalar berib o’tildi. 

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram